![O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma universiteti tashkil etiladi](/uploads/posts/2023-02/uzb_france.jpg)
TIV Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari Oybek Shaxavdinov Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Kontinental Yevropa departamenti direktorining o‘rinbosari Silven Giyoge bilan videokonferensiya vositasida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Onlayn uchrashuvda O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi elchisi Sardor Rustamboyev va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez ham ishtirok etdi.
Uchrashuv chog‘ida Fransiyaga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha erishilgan barcha kelishuvlarni, jumladan, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘la amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar joriy yil aprel oyida tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi Fransiya fuqarolari vazirining O‘zbekistonga tashrifini, shuningdek, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha O‘zbekiston-Fransiya hukumatlararo komissiyasining 9-yig‘ilishini, shuningdek, Fransiyaning MEDEF korxonalari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishga qaror qilishdi.
Shuningdek, 2023 yilda Parijda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 14-raundini o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi.
Yaqinda O‘zbekistondan Fransiya bozorlariga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini oshirish va GSP+ umumiy preferensiyalar tizimidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishilgan edi.
Ta’lim sohasida, xususan, O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma universitetini tashkil etish hamda Samarqand shahrida "Fransiya alyansi" faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ham alohida e’tibor qaratildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar