date
views 247

Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi

Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurilayotgan 5 qavatli 30 xonadonli turarjoy binolaridan birining zinopayasi qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur obyektda qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan «Imorat Qurilish konstruksiya» MCHJ rahbari Maqset Bekimbetovning aytishicha, ushbu binoda 2022 yil may oyida qurilish ishlari boshlangan bo‘lib, 2023 yil 3 fevral kuni binoning 3-qavatiga zinalar o‘rnatilgan. 7 fevral kuni ularda yoriq hosil bo‘lib, qulab tushgan.

«Bizga zinalarni yetkazib bergan korxona rahbarlarini chaqirib, holatni ko‘rsatdik. Shartnomalari bor. Pullari bank kreditlari orqali to‘langan. Boshqa pod’ezdlarga ham ushbu zinalar qo‘yilgan edi. Ko‘p vaqt o‘tmay, ular ham yorilishni boshladi. Ularni ham zavod mas’ullariga ko‘rsatib, olib tashladik. Ularni almashtirib, umumiy 9 zinani yangidan qurib beradigan bo‘ldi», — dedi Maqset Bekimbetov.

Tuman hokimiyati axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu zinalar «Taqiyatas Tau-Kita» temir-beton zavodi tomonidan tegishli shartnoma asosida yetkazib berilgan bo‘lgan.

Hodisadan jabrlanganlar yo‘q. Hozirda holat bo‘yicha prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda qurilishi bitmagan 5 qavatli uyning zinapoyasi qulab tushdi