
Yerusti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi hududlarda jami 2700 o‘rinli avtoturargohlar tashkil etiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumanidan o‘tuvchi yerusti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 o‘rinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan o‘tuvchi yerusti metro yo‘nalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 o‘rinli yettita avtoturargoh, jami bo‘lib 2700 o‘rinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilishi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
2023 yil davomida metro vagonlari parkini yangilash maqsadida, metro yo‘nalishlariga beshinchi vagon sifatida 10 ta harakat tarkiblariga qo‘shimcha vagon qo‘shiladi, shuningdek, 14 ta to‘rt vagonli zamonaviy turdagi yangi harakat tarkiblari foydalanishga topshiriladi.
Natijada, metro poyezdlari harakatlanish jadvalida ko‘rsatilgan intervallarni qisqartirishga erishiladi, deyiladi ma’lumotda.
Yerusti MetroAvtoturargohlarToshkent ShaharYashnobod TumaniSergeli TumaniIsh O‘rinlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar