date

Moskva metrosida terrorizmda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Moskva metrosida terrorizmda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

30 may kuni Moskva metrosining "Petrovsko-Razumovskaya" bekatida 30 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar beriladi "Kun" nashrida.

"360" telekanali manbasining ma’lum qilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston hukumati tomonidan konstitusion tuzumga tajovuz qilishda va terrorizmda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu shaxs O‘zbekiston respublikasi JKning 155 moddasi ("Terrorizm"), 159 moddaning uchinchi qismi ("Konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilish") va 244,2 moddaning birinchi qismi ("O‘zbekistonda bo‘lish tartiblarini buzish") bo‘yicha ayblangan.

Ayni vaqtda ushbu shaxs hibsda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston huquq-tartibot organlari uning qo‘lga olingani haqida xabardor qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva metrosida terrorizmda gumon qilingan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi