08:05 / 23.02.2023
227

Elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik bartaraf qilindi

Elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik bartaraf qilindi

Hozirgi kunda Majburiy ijro byurosi tizimida kommunal to‘lovlarni tartibga solish va sud qarorlariga asosan jismoniy va yuridik shaxslardan iste’mol qilingan elektr energiyasidan mavjud qarzdorliklarni undirish bilan bog‘liq bir qator ijobiy natijalarga erishib kelinmoqda.

Jumladan, Byuroning Boysun tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan qarzdor Boysun tumanida joylashgan “FAYZI RAMZ” fermer xo‘jaligi hisobidan SURXONDARYO HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI KORXONASI hisobiga 74.519.323 so‘m iste’mol qilingan elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdor “FAYZI RAMZ” fermer xo‘jaligining bankdagi hisob raqamlariga band solingan.

So‘ngra, davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida sud qarorida ko‘rsatilgan 74.519.323 so‘m iste’mol qilingan elektr eenergiyasidan bo‘lgan qarzdorlik va ushbu qarzdorlikka nisbatan to‘liq undirilib sud qarori O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda ijrosi ta’minlandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik bartaraf qilindi