19:10 / 23.02.2023
342

Qashqadaryoda hokim yordamchisi qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda hokim yordamchisi qo‘lga tushdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2022 yilda ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan ta’minotchilarga o‘tkazilgan ayrim holatlarda kreditlar maqsadsiz ishlatilganligi aniqlangan.

O‘rganish natijasi bo‘yicha to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Agentlik tomonidan Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborilib, Departament organlari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha «B.S.B.» MCHJ ta’sischisi sifatida A.T.O‘. ushbu MCHJni tashkil qilib, unga ta’sischilik va rahbarlik qilib, bir paytning o‘zida Shahrisabz tumanida mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotganligidan foydalanib, 114,0 mln. so‘m soliq va yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash va tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirish orqali 162,0 mln.so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha «B.S.B.» MCHJ rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 2-qismi «b» bandi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan hamda bir tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslariga nisbatan 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bandi va  228-moddasi 2-qismi «b» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda hokim yordamchisi qo‘lga tushdi