00:13 / 25.02.2023
289

Shavkat Mirziyoyev: OAVni hech qachon yopmayman

Shavkat Mirziyoyev: OAVni hech qachon yopmayman

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi Yangi Batosh mahallasidagi 71-maktabda o‘qituvchilar, faxriylar bilan suhbatlashib, so‘z erkinligi va ochiqlik masalasiga to‘xtaldi.

«Yopiq davlat bo‘lib, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlamaganimiz uchun xalqning ovozini eshitmadik. Erkinlik nafasi yoqadimi? Menga yoqadi.

To‘g‘ri, menga bunday ishlash qiyinroq. Hamma aytadi, e, yopib qo‘y, deydi. Yo‘q, yopmayman.

Yana oldingidek, prokuror, SNB, tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?

Shuning uchun, erkinlik nafasini, ommaviy axborot vositalarini do‘st bilamiz. Gapirsin, adolatli gapirsin. Tanqid qilsin, to‘g‘ri tanqid bo‘lsin. Shu qishloqqa, maktabga, ta’limga foydasi bo‘lsa, nur ustiga nur.

Men har kuni o‘qiyman, internetni ham o‘qiyman. Kim qanday gapirganini vaqtim boricha, qo‘limga qalam olib, o‘zimga yozib olaman. Baribir 10 ta fikrdan 9 tasi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Bu to‘g‘ri yo‘nalishmi? Agar bizda [OAV] yopiq bo‘lsa, sizlarni ham hech kim eshitmaydi», deydi davlat rahbari.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: OAVni hech qachon yopmayman