16:00 / 25.02.2023
377

Yana bir Nexia-3 «metan zapravka»da portlab ketdi

Yana bir Nexia-3 «metan zapravka»da portlab ketdi

Samarqanddagi gaz quyish shoxobchasida Nexia-3 mashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil 25 fevral kuni soat 11:00 larda Samarqand shahar Hunarmandlar MFY Bedil ko‘chasida joylashgan «Kamalak» MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida, shoxobcha ishchisi Pastdarg‘om tumani Gulobod MFYda yashagan, 1980 yilda tug‘ilgan M.Z., ushbu shoxobchaga siqilgan gaz quyish maqsadida kelgan haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan H.D. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinaga gaz quyayotganda, bagaj qismiga o‘rnatilgan gaz balonining yorilib ketishi natijasida chaqnash sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida MCHJ ishchisi M.Z. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatida ham Nexia-3 avtomashinasiga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yana bir Nexia-3 «metan zapravka»da portlab ketdi