O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi sohaviy qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi e’lon qilindi. Unda O‘zbekistonda faqat bitta kompaniya yuqori (75 foiz) ishonchlilik darajasiga ega deya ko‘rsatilgan.

To‘rtta toifaga bo‘lingan reytingdan jami 17 647 ta kompaniya o‘rin olgan. Eng ishonchli kompaniyalar “A” toifasiga kiritilgan.

E’lon qilingan diagrammaga ko‘ra, reytingdagi eng ishonchlilar ro‘yxatiga 75 foizli ko‘rsatkich bilan faqat bitta kompaniya kiritilgan.

O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

Skrinshot: “Reyting.mc.uz”

Quyi daraja — “D” toifasidan 14 668 ta kompaniya o‘rin olgan. Bu reytingdagi jami kompaniyalarning 83 foizi demak.

O‘zbekistondagi qurilish kompaniyalarining ishonchlilik reytingi e’lon qilindi

Skrinshot: “Reyting.mc.uz”

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda qurilish bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 45 591 tani tashkil etadi. Ularning eng katta qismi, ya’ni 9 166 tasi yoki respublikadagi jami korxonalarning 20,1 foizi Toshkent shahrida joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar