19:23 / 27.02.2023
297

“Cheklangan 60 km belgisi o‘rnatilgan joylardagi kameralar jarima yozishni boshladi”

“Cheklangan 60 km belgisi o‘rnatilgan joylardagi kameralar jarima yozishni boshladi”

O‘zbekistonda soatiga 60 km tezlik belgisi o‘rnatilgan joylarda kameralar ushbu cheklangan tezlik bo‘yicha jarimalarni qayd etmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

1 iyundan respublikadagi barcha aholi punktlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi xabar qilingandi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasida belgilangan.

Tahlillarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisalari yiliga 4 mingga yaqin o‘lim holatlari bilan yakunlanadi. Tezlikni 10 kilometr soatga tushirish o‘lim holatlarini kamida 15 foizga kamaytirishga olib keladi”, – deyilgan hujjatda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda soatiga 60 km tezlik belgisi o‘rnatilgan joylarda kameralar ushbu cheklangan tezlik bo‘yicha jarimalarni qayd eta boshlagan.

Avvalroq soatiga 60 km tezlik bo‘yicha yo‘l belgilari qachondan o‘rnatilishi ochiqlangandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Aziz Murodov yuqori tezlik cheklangan ko‘chalar xatlovdan o‘tkazilib, tegishli belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatilishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, ushbu ko‘chalarda o‘rnatilgan maxsus moslamalar ham transport vositalarining tezligini aniqlashda cheklangan tezlikka moslashtiriladi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat