"Palov" Xitoyda g‘olib bo‘ldi

29 may kuni Xitoyning Yantay shahrida “Gurman” deb nomlangan xalqaro tanlovning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Uz24" nashri.
Tanlovda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari xalqining milliy oshxonasini ommalashtirib kelayotgan taniqli oshpaz Stalik Xankishevning “Plov” (“Palov”) nomli kitobi eng yaxshi deb topilib, nufuzli «BestSilkRoadCookbook» mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“Palov” kitobi Rossiyada chop etilgan va u tanlovning “Jahon oshxonasi” bo‘limida, “Ipak yo‘li oshxonasi haqida eng yaxshi kitob” nominasiyasida birinchi o‘rinni oldi, deb yozadi nuz.uz.
Qayd etilishicha, kitob muallifi Stalik Xankishiev yarim asrdan buyon palovni xush ko‘rib tanovul qilishini tan olgan, u salkam 40 yildan beri palov tayyorlaydi va 10 yildan beri palov haqida kitob yozadi.
Stalik Xankishievning yangi kitobidan mashhur surat: Farg‘ona palovi: kesilgan qozon.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing