2023 yil iyul oyidan davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi mexanizmlari Toshkent shahrida tatbiq etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Buning uchun:
- Toshkentdagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxona kompyuter va tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi, tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtiriladi;
- 1400 ta tibbiy brigadaning 4900 nafar shifokor va hamshirasi maxsus kurslarda o‘qitiladi;
- «Elektron retsept» asosida aholining ehtiyojmand qatlamiga dori vositalarini bepul berish yo‘lga qo‘yiladi;
- «Toshkent tajribasi» asosida ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda 170 ta ixcham mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi;
- 579 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosida «Salomatlik maktabi» ochiladi va sog‘lom turmush tarzini faol olib borgan, yuqori natijalarga erishgan fuqarolar rag‘batlantirib boriladi.
Tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilib, ishlar to‘liq tashkil etilgandan so‘ng aholi kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish paketlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)