09:17 / 04.03.2023
1 349

Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi

Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi

Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev omma oldida ko‘rinish berdi.

Championat.asia nashrining yozishicha, Jahongir Otiqxo‘jayev Toshkentdagi «Paxtakor» - «Olimpik» klublari uchrashuvini kuzatishga kelgan. U hamon «Paxtakor» FKning rahbari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi o‘rtasida prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Jahongir Ortiqxo‘jayev ishdan bo‘shatilgani e’lon qilingandi.

Davlat rahbari uning «oyog‘i yerdan uzilgani»ni aytgandi.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurgandi.

U bo‘shatilganidan keyin oilasi bilan mamlakatdan uchib ketmoqchi bo‘lganida Davlat xavfsizlik xizmati to‘xtatib qolgani aytilgandi.

Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatilib, senatorlar safidan ham chiqarilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat