15:06 / 04.03.2023
273

Buxorolik tadbirkor qariyb 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani fosh qilindi

Buxorolik tadbirkor qariyb 12 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani fosh qilindi

Foto: O‘zA

O‘zAning yozishicha, joriy yilning 10 fevral kuni “Hududgaz Buxoro” GTF hamda metrologiya xizmati mutaxassislari hamkorligida viloyatdagi ayrim AGQKSHlarda o‘rganishlar olib borilgan. O‘rganishlar davomida “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasiga qarashli 3 ta AGQKSHda 11 mlrd 847 mln 744 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, korxonaning birinchi AGQKSH filialida 2022 yilning 1 noyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 3 mlrd 493 mln 218 ming so‘mlik, ikkinchi AGQKSH filialida 2022 yilning 10 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kuniga qadar bo‘lgan davrda 5 mlrd 774 ming 443 so‘mlik hamda uchinchi AGQKSH filialida 2022 yilning 13 sentyabr kunidan 2023 yil 10 fevral kunigacha bo‘lgan davrda 2 mlrd 580 mln 83 ming so‘mlik tabiiy gaz yashirin ravishda talon-toroj qilingan.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslarining harakatlarida juda ko‘p miqdorda o‘g‘rilik sodir etishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumanidagi “Solixov Olimjon Fazliddinovich” xususiy korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat