OAVda sobiq bokschi Muhammad Ali o‘lim to‘shagida yotgani ma’lum qilindi

Kuni-kecha AQShning Finiks shahridagi shifoxonaga yotqazilgan 74 yoshli afsonaviy sobiq bokschi Muhammad Ali o‘lim to‘shagida yotibdi. Bu haqda sobiq sportchining yaqinlariga iqtibos keltirgan holda "Kun" nashri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda Ali intensiv terapiya bo‘limida yotibdi, biroq shifokorlar uning farzandlariga umrining tugashiga sanoqli kunlar qolganini aytishgan. Shifokorlar bokschini boshqa shifoxonaga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqishgan, biroq bu bemor uchun o‘lim bilan yakunlanishi mumkinligi haqidagi qarorga kelishgan.
2 iyunda sportchining vakili Bob Gannell Ali tekshiruv uchun shifoxonaga yotqazilgani, uning ahvoli me’yorida ekanligini aytgandi. Ali oxirgi yillarda Parkinson kasalligidan aziyat chekib keladi.
Ali 1960 yilgi Olimpiya chempioni va mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing