11:38 / 11.03.2023
564

ID-karta va «zagranpasport»ni yangisiga almashtirish tartibi takomillashtiriladi

ID-karta va «zagranpasport»ni yangisiga almashtirish tartibi takomillashtiriladi

“O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi va xorijga chiqish biometrik pasporti amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan yangisiga almashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

  • fuqaroning identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborilishini joriy etish;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetiga bog‘langan fuqaroga identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilish;
  • identifikatsiya ID-kartasini olish yuzasidan shakllantirilgan talabnomalarning fuqarolar tomonidan davlat boji to‘lanmaganligi sababli axborot tizimda tugallanmagan holatda bo‘lishi va yakunlamagan talabnomalarning sonini ortishi hamda hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar shakllanishi oldini olish.

Farmon loyihasi qabul qilinishi:

  • aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish imkoniyatini yaratish, fuqaroning identifikatsiya ID-kartasi hamda xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan uni yangisiga almashtirish bilan bog‘liq xabarnomalar yuborilishini joriy etish bo‘yicha zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilish va xizmatni yo‘lga qo‘yish;
  • identifikatsiya ID-kartasini olish yuzasidan shakllantirilgan talabnomalarning fuqarolar tomonidan davlat boji to‘lanmaganligi sababli axborot tizimda tugallanmagan holatda bo‘lishi hamda yakunlamagan talabnomalarning sonini ortishi va hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar shakllanishi oldini olish imkoniyatini yaratadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat