18:38 / 11.03.2023
189

Toshkentda infokioskani o‘g‘irlab, uni kanalga tashlab yuborgan erkak ushlandi

Toshkentda infokioskani o‘g‘irlab, uni kanalga tashlab yuborgan erkak ushlandi

Toshkent shahrida do‘kon qarshisidagi infokioskani o‘g‘irlab ketgan erkak ushlandi. Bu haqda “Toshkent” telekanali orqali efirga uzatilgan lavhada ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, huquq-tartibot idoralariga Mirobod tumanida noma’lum erkak oziq-ovqat do‘koniga o‘rnatilgan Paynet infokioskasini o‘g‘irlab ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Mazkur terminal qiymati 31 million so‘mga teng.

IIB xodimlarining sa’y-harakati bilan o‘g‘irlikda gumonlangan shaxs qo‘lga olingan. So‘roq davomida 33 yoshli B. infokioskani ochib 7 million so‘mni olgani, keyin terminalni kanalga tashlab yuborganini bildirgan.

Shuningdek, erkak kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ta’sirida bo‘lganini aytgan.

O‘sha kuni 'Peregabalin' ichgandim (tutaqanoqqa qarshi dori — tahr.). Odatda kuniga bittadan ichaman. Qilgan ishimdan pushaymonman, boshqa bunday qilmaslikka va’da beraman”, — deydi gumonlanuvchi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-modda (O‘g‘irlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat