Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.
Muzaffar Egamberdiyev tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar