13:13 / 12.03.2023
166

O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida birinchi o‘rinni egalladi

Foto: «Dunyo»

Pokistonning Xarian shahrida «Jamoaviy ruh» 6-xalqaro armiya o‘yinlarining final bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Bahslar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga uchinchi marta 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston va Tailand jamoalari band etgan.

Pokiston Qurolli kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Asim Munir O‘zbekiston jamoasi rahbari — O‘zbekiston Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘iga musobaqa bosh sovrini va mukofotlarni topshirgan.

«O‘zbekiston terma jamoasi yana bir bor yuqori professionalizm va yuksak harbiy tayyorgarlikka ega ekanligini namoyish etdi. Armiya musobaqalarida O‘zbekistonning doimiy ishtirok etib kelayotganidan biz juda xursandmiz», — dedi general Asim Munir.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat