14:10 / 13.03.2023
208

Bank foydasiga 42 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ undirib berildi

Bank foydasiga 42 ming AQSH dollaridan ortiq mablag‘ undirib berildi

Guliston tumanlararo iqtisodiy sudining 11.11.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Market-70” xususiy korxonasidan undiruvchi ATB “Sanoatqurilish bank” foydasiga 42 ming 791 AQSH dollari qarz undirish, undiruvni qarzdor “K.R.E.Naladka” MCHJga tegishli Guliston shahar, Yangi Hayot MFY hududida joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi binosining bir qismiga qaratish to‘g‘risidagi ijro xujjati yuzasidan qarzdorga tegishli ushbu bino xatlangan.

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli ushbu binoni elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish jarayonida 42 ming 791 AQSH dollari kredit karzi qarzdor tomonidan to‘liq to‘lab berilib ijro hujjatining ijrosi amalda tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat