11:41 / 18.03.2023
238

Bugun Prezident «Yangi Toshkent» qurilishiga tamal toshi qo‘yadi

Bugun Prezident «Yangi Toshkent» qurilishiga tamal toshi qo‘yadi

Bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi Toshkent» loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.

Marosimda nutq so‘zlagan davlat rahbarining ta’kidlashicha, bugungi kunda Toshkentda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.

Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

«Shuning uchun poytaxtimizning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olishimiz zarur», – dedi davlat rahbari.

Qayd etilishicha, shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiyalik mutaxassislar bilan Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilgan.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida «Yangi Toshkent» loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olingan.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari bugun Toshkent viloyatida quyosh energetikasi loyihalariga start berish marosimida ham ishtirok etadi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat