Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o‘rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Xalqimizning sevimli bayrami Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan ushbu umumxalq xayriya hashari tadbiri Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining markaziy apparatida ham tashkil qilindi.
Mazkur xayriya hashari davomida ma’muriyat joylashgan bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar hamda yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirildi.
Yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan Byuro xodimlari bu kabi hashar tadbirlarini respublikamiz bo‘ylab viloyat, tuamn-shaharlarda ham davom ettirmoqdalar.
Zero, hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik hamda hamjihatligimiz ramzidir.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)