
Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSH prezidenti Jozef Baydendan Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubi keldi. Maktubda Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlashi aytilgan.
“Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman”, deya boshlangan Baydenning maktubi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlar xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida birlashdi.
“Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman. Navro‘z muborak!” - deb yozadi AQSH prezidenti.
Shavkat MirziyoyevJozef BaydenNavro‘z bayramiO‘zbekiston xalqigaQo‘shma ShtatlarStrategik sheriklik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar