Farg‘ona viloyatida 55 metrli lavash tayyorlandi (foto)

Farg‘ona viloyatida 55 metrli lavash tayyorlandi (foto)

Farg‘ona shahrida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalar davomida 55 metrli lavash tayyorlandi, deya xabar berdi “Daryo”.

Qayd etilishicha, bu ayni vaqtga qadar O‘zbekistonda tayyorlangan eng uzun lavash hisoblanadi. Bu orqali Toshkentda tayyorlangan 21,5 metrli, Andijonda tayyorlangan 17 metrli, Farg‘onada tayyorlangan 25 metrli lavash rekordi yangilangan.

Farg‘ona viloyatida 55 metrli lavash tayyorlandi (foto)

Bosh oshpaz Bahromjon Ibrohimovning maʼlum qilishicha, buning uchun 15 kilogramm bodring, 15 kilogramm pomidor, 40 kilogramm go‘sht, 10 kilogramm chips, 15 litr sous, 40 litr mayonez hamda 55 metr lavash xamiri kerak bo‘lgan.

55 metrli lavashni tayyorlash uchun 40 nafar mohir oshpaz jalb qilingan.

Farg‘ona viloyatida 55 metrli lavash tayyorlandi (foto)

45 daqiqada tayyorlangan katta lavashni mutaxassislar o‘lchab ko‘rib, 55 metr ekanini aniqlagan.

Ushbu lavash tayyorlanishini kuzatish maqsadida ming nafarga yaqin tomoshabinlar yig‘ilgan.

Farg‘ona viloyatida 55 metrli lavash tayyorlandi (foto)

Lavash tayyor bo‘lgach, bayram sayli ishtirokchilariga ulashilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar