11:23 / 22.03.2023
151

O‘zbekistonda «mahalla nazorati» va «mahalla raisi so‘rovi» institutlari joriy etiladi

O‘zbekistonda «mahalla nazorati» va «mahalla raisi so‘rovi» institutlari joriy etiladi
O‘zbekiston prezidenti mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
 
Ma’lum qilinishicha, mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi rolini yanada oshirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shu maqsadda mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘zi joylashgan hududdagi xalq deputatlari mahalliy kengashlari sessiyalariga takliflar kiritish, kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqi berilmoqda. 
 
Shuningdek, aholi o‘rtasida e’tirozlarga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish uchun mahalla raisi tomonidan muhokamalar o‘tkazish, har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, “mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi.
 
Bu yil tariximizda birinchi marta tajriba tariqasida har bir hududdagi bitta tumanda “mahalla budjeti” tizimi o‘rnatilib, mol-mulk va yer solig‘ining bir qismini mahallalarning o‘zida qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa mahallalarimiz hududidagi mavjud muammolarni bevosita ular tomonidan mustaqil hal etilishida muhim ahamiyatga ega. Ushbu tajribaning amaliy natijalariga qarab, kelgusida uni butun respublikamizda yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqamiz. Bir so‘z bilan aytganda, mahallalarni fuqarolik jamiyatining tayanch ustuniga, chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘ramiz”, deyiladi tabrik matnida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat