131
Qumqo‘rg‘onda elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorlik uchun “Cobalt” va “Tico” avtomashinalari xatlovga olindi
![Qumqo‘rg‘onda elektr energiyadan bo‘lgan qarzdorlik uchun “Cobalt” va “Tico” avtomashinalari xatlovga olindi](/uploads/posts/2023-03/photo_2023-03-24_20-10-23.webp)
Qumqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor «Kakaydi Paxtakori» FX hisobidan «Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ foydasiga jami 104 million 172 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunning tegishli moddalariga asosan qarzdor fermer xo‘jaligining hisob raqamlariga band solinib, inkasso topshiriqnomalari yuborildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida fermer xo‘jaligi rahbariga tegishli bo‘lgan “Cobalt” hamda “Tico” rusumli avtotransport vositalari xatlovga olinib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga olib kelindi hamda xatlangan mulklar onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi.
Shundan so‘ng, fermer xo‘jaligi rahbari avtomashinalarini qaytarib olish uchun elektr energiyasidan bo‘lgan jami qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar