![Poytaxtda hujjatsiz dorilarni «o‘tkazmoqchi» bo‘lgan shaxs ushlandi](https://xabar.uz/static/crop/1/7/920__95_17251162.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro N.M. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, o‘zining «Spark» rusumli avtotransport vositasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 271,8 mln so‘mlik 9 turdagi jami 17 904 dona dori vositalarini Toshkent shahriga o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar