date
views 206

Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qoʻyish tartibi oʻzgaradi

Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qoʻyish tartibi oʻzgaradi

Foto: nuz.uz

Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qoʻyish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi. Bu haqda Ta'lim nazorati inspektsiyasi xabar berdi.

15 apreldan boshlab, oʻquvchilarning choraklik va yillik baholarini oʻzgartirish uchun Ta'lim nazorati inspektsiyasining hududiy boshqarmalarga rasmiy xat bilan murojaat qilish shart boʻladi.

Bu haqda maktabgacha va maktab ta'limi vaziri oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov barcha boshqarmalarga xat yuborgan.

Ta'lim nazorati inspektsiyasi xabarida oʻzgarishlar nima uchun kiritilayotganiga izoh berilmagan.

Kundalik.com raqamli ta'lim platformasi boʻlib, oʻqituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, oʻquvchilar davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalik elektron shakllarida yuritish imkonini beradi.

Kundalik.com tizimi orqali ota-onalar onlayn tarzda farzandlari darsga qatnashayotgani, darsni qay darajada oʻzlashtirib borayotgani, uy vazifalari toʻgʻrisida ma'lumotlarga ega boʻlishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qoʻyish tartibi oʻzgaradi