date
views 482

Toshkentda xonadonlar ijarasi narxlari pasayishi davom etyapti

Toshkentda xonadonlar ijarasi narxlari pasayishi davom etyapti
Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahrida xonadonlar uchun ijara narxlari pasayishda davom etmoqda.
 
Ma’lumki, o‘tgan yili xonadonlar uchun ijara narxlari o‘sa boshlangan va oktyabr oyiga kelib, o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan, so‘ngra pasaya boshlagandi. OLX.uz ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, o‘shanda shahar bo‘yicha o‘rtacha ta’mirlangan xonadon uchun ijara narxi 526 AQSH dollariga chiqqandi.
 
Joriy yilning mart oyida ijara uchun o‘rtacha narxlar fevral oyidagiga nisbatan 2 foizga pasaygan va 411 AQSH dollarini tashkil etgan, deya ma’lum qilgan Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
 
O‘rtacha ta’mirlangan 2 xonali uy uchun ijara narxi 340 dollardan (Sergeli) 460 dollargacha (Yakkasaroy) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 411 dollarni tashkil etgan. 3 xonali uylar uchun esa narxlar 380 dollardan (Sergeli) 600 dollargacha (Mirobod) o‘zgargan holda Toshkent shahri uchun o‘rtacha 480 AQSH dollarini tashkil etgan. Ta’mirlangan 1 xonali uy uchun o‘rtacha ijara narxi 320 dollarni, 4 xonali uy uchun 600 dollarni, 5 xonali uy uchun 660 dollarni tashkil etgan.
 
Izoh: Ushbu tahlil uchun ma’lumotlar www.olx.uz saytidan veb-skreping (web-scraping) usuli yordamida olingan. 2023 yil mart oyi uchun to‘plangan 30,5 mingta kuzatuvlar o‘rganildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xonadonlar ijarasi narxlari pasayishi davom etyapti