12:39 / 31.03.2023
140

Namanganda 1,5 kilodan ortiq oltin quymalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Namanganda 1,5 kilodan ortiq oltin quymalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida oltin quymalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.
 
Dastlab Andijon shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs og‘irligi 672 gramm bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1981 yilda tug‘ilgan zargarga 40 ming dollarga sotgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlangan.
 
So‘ngra ushbu zargar buyurtmasiga ko‘ra, Olmaliq shahridan og‘irligi 613 gramm bo‘lgan bir bo‘lak oltin quymasini olib ketayotgan Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina Chust tumanida to‘xtatilib, ashyoviy dalil protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
 
Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxs Pop tumani hududida Angren shahrida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan uchrashib, undan og‘irligi 250 gramm bo‘lgan 3 ta oltin quymasini sotib olgan vaqtida ularning ikkalasi ham ushlandi.
 
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida umumiy bahosi 1 milliard 124 million so‘mlik, jami 1 kilogramm 535 gramm oltin quymalari hamda 40 ming AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat