17:08 / 01.04.2023
237

Allamjonov: “Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash vaqti keldi”

Allamjonov: “Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash vaqti keldi”
O‘zbekistonda pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash yuzasidan qonunchilikka o‘zgartirish kiritish vaqti keldi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov Telegram'dagi kanalida yozib qoldirdi.
 
Agar bu masala dunyo tajribasisiz bo‘lmaydi, qayda bor bu jazo, desangiz Qozog‘iston, Ukraina, Germaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Isroil, Janubiy Koreya, Fransiya, AQSH va hokazo davlatlarni ko‘ring. Ularda bor ekan bu jazo. Xitoy, Lotin Amerikasi davlatlari, Saudiya Arabistoni va Eronda birato‘la o‘ldirib yuborilar ekan”, — deya qayd etadi Allamjonov.
 
Avvalroq O‘zbekiston viloyatlarining biridagi oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlagani ma’lum bo‘ldi.
 
Masalan, 2021 yilning mayida mudira hali 16 yoshga to‘lmagan R.ni tanishlaridan biri bilan yotishga majburlagan. Qiz buni istamasdan, qarshilik ko‘rsatgan, shunda mudira oshxonadan o‘qlovni olib kelib, qizning voyaga yetmagan ukasini boshqalar ko‘z-o‘ngida kaltaklay boshlagan. Qizning irodasini sindirgan ayol keyinchalik uni o‘zi buyurgan barcha erkaklar bilan yotishga majburlagan”, — deb yozadi “Nemolchi.uz”.
 
Sentyabr oyida birinchi instansiya Mehribonlik uyi mudirasini Jinoyat kodeksining 135-(odam savdosi), 167-(o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (mansab soxtakorligi) bilan aybli deb topib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqargan.
 
Adliya boshqarmasi va Favquldda vaziyatlar bo‘limi boshliqlari Jinoyat kodeksining 128-moddalari (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan aybli deb topilgan. Ular 1 yil 6 oy muddatida ozodlikni cheklash jazosiga tortilgan. 
 
O‘z navbatida Adliya vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, ushbu jinoiy figuranti bo‘lgan mansabdor lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov: “Pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya jazosini qo‘llash vaqti keldi”