11:43 / 02.04.2023
551

Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda

Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda
Asrol Boyqarayev. Foto: Koson tumani hokimligi
Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi o‘zi chaqirgan majlisda ro‘zadorlarni ro‘zasini ochishga majburlagani aytilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Facebook'dagi sahifasida xabar berdi deb yozmoqda Daryo.
 
Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, 31 mart kuni soat 15 larda majlis chaqirgan Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi Asrol Boyqorayev qishloq xo‘jaligidagi muammolar haqida juda g‘azab bilan gapirgan. Shundan so‘ng xodimlarga majlisda “Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar. Ishni kim qiladi?”, deb suv keltirishni buyurgan.
 
Bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Asrol Boyqarayev bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar tarqalgandi.
 
2021 yilda uning xizmat avtomobili tuman markazida bir fuqaroni urib yuborgani, oqibatda fuqaro vafot etgani xabar berildi. So‘ngra mazkur YTHga hokimning birinchi o‘rinbosarini olib yuruvchi haydovchi aybdor ekani, YTH sodir bo‘lgan paytda avtomobilda hokim bo‘lmagani ma’lum qilindi.
 
Avvalroq esa Asrol Boyqarayevning qamog‘ga olingani yozib chiqildi. Bunga munosabat bildirgan hokimlik axborot xizmati “tasdiqlanmagan, vahima va shov-shuv uchun tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmang”, dedi. Birozdan so‘ng Telegram'dagi kanallarning birida Koson tumani hokimi Asrol Boyqarayevning matbuot kotibiga o‘zini tez-tez yoritib turishini so‘ragani, oxirgi marotaba uni matbuot kotibi qutqarib qolgani aytilgan xabar tarqaldi. Koson hokimi matbuot kotibi Dilshod Nabiyev esa mazkur xabarni ham rad etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat