![Andijonda 1 kg «gashish» moddasini sotayotgan shaxs ushlandi](/uploads/posts/2023-04/1680423349_920__95_2866361567.png)
Andijon viloyati Asaka tumanida «gashish» giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 28 mart kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilgan xolda hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Marhamat tumanida yashovchi X.B Asaka tumani hududida xolis xaridorga 1 kilogramm bo‘lgan «gashish» giyohvand moddasini 8 600 AQSH dollariga sotayotganida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar