07:10 / 04.04.2023
239

Toshkentda masjidda o‘zganing kiyimidan pul o‘g‘irlagan erkak qamog‘ga olindi

Toshkentda masjidda o‘zganing kiyimidan pul o‘g‘irlagan erkak qamog‘ga olindi
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi masjidda o‘zganing kiyimidan 9 million so‘m pul o‘g‘irlagan erkak qamog‘ga olindi.
 
Xabarga ko‘ra, holat 15 fevral kuni 16:20 larda "Novza" jome masjidida sodir bo‘lgan. Ushbu masjidga namoz o‘qish maqsadida kelgan fuqaro S. kurtkasini tahoratxonada qarovsiz qoldirgan va noma’lum shaxs kurtkaning ichki cho‘ntagidan 6 million 800 ming so‘m va 200 dollar o‘g‘irlab ketgan.
 
Tahoratxonaga kirganimda cho‘ntagimda 9 million so‘m bor edi. Tahorat olib bo‘lganimdan keyin qarasam, pulim yo‘q ekan. Keyin tegishli joylarga murojaat qildim. Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limi tez fursatda topdi”, — deydi jabrlanuvchi.
 
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni o‘g‘rilik jinoyatini sodir etib, sud tomonidan jazo olgan shaxs sodir etgan.
 
Masjid tahoratxonasiga kirdim. Kurtkasining ichki cho‘ntagida 100 mingtalik pullar bor edi. Uni olib, kurtkamni olib chiqib ketdim. Men pullarni ishlatib yubordim”, — deydi ayblanuvchi.
 
Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat