date
views 210

Xorazmdagi pedofillar ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi

Xorazmdagi pedofillar ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi
Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.
 
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangitdan appellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilandi.
 
Eslatib o‘tamiz, Xorazm viloyati adliya va FVB boshliqlarining jirkanch ishlari oshkor bo‘lgach, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
 
So‘ngra Bosh prokuratura tomonidan Xorazmda yetim qizlarning zo‘rlangani holati bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha chiqarilgan sud hukmi va appelyatsiya instansiyasining ajrimlari qonuniyligi o‘rganilgan hamda A.Masharipov va A.Kuryazovlarga yengil jazo tayinlanganligi va boshqa holatlar yuzasidan Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmdagi pedofillar ishi qaytadan ko‘rib chiqiladi