![Aholiga jarimalarni to‘lashda qo‘shimcha yengilliklar yaratiladi](/uploads/posts/2023-04/s0wukrotbj9joso2qykdqv3tlpktve-o.jpg)
Foto: Senat.uz
Senat navbatdagi yalpi majlisida “Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, bundan 3 yil avval 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarima qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishiga oid soddalashtirilgan tartib amalga kiritilishi ijobiy samarasini ko‘rsatgan.
Biroq soddalashtirilgan tartibning sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga nisbatan tatbiq etilmasligi, amalda ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarima miqdori yuqoriligi fuqarolarga iqtisodiy tomondan qiyinchiliklar tug‘dirib kelyapti. Bu ma’muriy jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lashda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
![](/uploads/posts/2023-04/3hkiqnfzclfvrhvsamqnebsxy2m0ppb8.jpg)
Qonun bilan huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdori 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lasa jarima qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.
Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilayotgani alohida qayd etildi.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar