134
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan AQSH va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
![Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan AQSH va Kanadaga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi](/uploads/posts/2023-04/6kmqli4_lu8rqwamlsu5uer4i5fht545.jpg)
DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Samarqand shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs tanishlari yordamida, Guliston shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 35 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs hamshahari bo‘lgan ayolning ishonchiga kirib, 50 ming AQSH dollari evaziga u va uning qizini “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi – Meksika – AQSH” yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborishni va’da qilib, zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Samarqand shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan ayol Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro va uning qarindoshini 24 ming AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida Kanada davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, oldindan 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar