103
Ohangaronda g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi
![Ohangaronda g‘isht zavodini auksiondan arzon narxda olib berishni va’da qilganlar ushlandi](/uploads/posts/2023-04/lvuda1xvqhlz-nmek713fy79ih0qvsrf.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIV korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.P va S.N. Ohangaron tumanida 8 gektar yer maydonida joylashgan g‘isht ishlab chiqarish zavodini fuqaro F.Sh.ga tanishlari yordamida 200 000 AQSH dollari evaziga auksion orqali arzon narxlarda yutib olib berishni va’da qilib, oldindan 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar