Joriy yil 7 aprel kuni Qo‘shtepa tumanida yashovchi 29 yoshli sudlanuvchi konvoyda jinoyat ishlari bo‘yicha Buvayda tuman sudiga keltirilgan. U Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi bilan aybli deb topilib, 2022 yilning 7 noyabr kunidan beri tergov hibsxonasida saqlanayotgan bo‘lgan.
Sud binosiga keltirilgan sudlanuvchi xojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan. E’tiborsiz qoldirilganidan foydalanib, sud hovlisidagi devoridan boshqa tomonga sakrab o‘tgan hamda aholi yashash joyiga yashiringan. U devordan narvon orqali oshib o‘tgan. Narvonga chiqayotganida konvoy xodimlari ko‘rib qolishgan va yugurib kelib, kiyimidan ushlashgan. Biroq sudlanuvchi kiyimlarini yechib tashlab, qochishga ulgurgan.
U bir necha soatlik qidiruvlardan so‘ng sud binosiga yaqin bo‘lgan xonadonlardan birining tomida yashirinib o‘tirganida ushlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar