16:12 / 11.04.2023
502

“Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman” — Saida Mirziyoyeva

“Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman” — Saida Mirziyoyeva
O‘zbekistonda ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun imzolandi. Bu haqda 11 aprel kuni Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva e’lon qildi.
 
Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan qonun imzoladi. Men ushbu g‘alaba bilan faxrlanaman va unda ishtirok etgan barchadan minnatdorman! Oldinda ushbu moddalar ishlashi va jamiyat o‘zgarishi uchun qiyin va uzoq yo‘l turibdi”, — dedi u.
 
Saida Mirziyoyeva barcha davlat organlari, fuqarolik jamiyatlari, faollar va media — barcha-barchani bu jarayonga qo‘shilib, zo‘ravonlikka qarshi kurashning yagona mexanizmiga aylanishga chaqirdi.
 
Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas!”, — deb ta’kidladi Prezident administratsiyasi sho‘ba mudiri.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat