17:09 / 11.04.2023
220

Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi

Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlagan erkak 15 sutkaga qamaldi
Foto: Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati
Buxoroda eshakning quloqlarini kesib tashlab, ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida uning o‘limiga sabab bo‘lgan erkak 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
 
Voqea 6 aprel kuni Peshku tumanida sodir bo‘lgandi. 38 yoshli U.A. qo‘shnisiga tegishli eshak tomorqa yeriga zarar yetkazgani bahonasida jonivorning ikki qulog‘ini kesgan. Oradan vaqt o‘tib, eshak ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida nobud bo‘lgandi.
 
11 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida U.A. (1985 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan, ishsiz) ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, huquqbuzarni 15 sutka ma’muriy qamog‘ga olish belgilandi.
 
Oliy sud matbuot xizmati birinchi instansiya sudining qarordan norozi tomonlar belgilangan tartibda Buxoro viloyat sudiga apellyatsiya shikoyati, prokuror esa protest keltirishi mumkinligini eslatib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat