16:16 / 14.04.2023
164

«Activist» ishida blogerning o‘zi appelyatsion sudni xohlamagani aytildi

«Activist» ishida blogerning o‘zi appelyatsion sudni xohlamagani aytildi
Joriy yil 8 aprel kuni You Tube platformasida iste’molga yaroqsiz va muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlaria qarshi kurashib kelayotgan «Activist» loyihasi muallifi Hojiakbar Nosirovning Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi hukmi bilan 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
 
Toshkent shahar sudlari axborot xizmati bergan ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha 2023 yil 14 aprel kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasiga blogerning advokati S. Ishpulatov tomonidan apellyatsiya shikoyati kelib tushgan.
 
Sud majlisi esa 2023 yil 14 aprel soat 15:00 ga tayinlangan.
 
Biroq huquqbuzarning xohishi bilan apellyatsiya shikoyati ko‘rilmaydigan bo‘ldi.
 
«Huquqbuzar H. N. tomonidan advokatning shikoyatini ko‘rmasdan qoldirish haqidagi ariza keltirilganligi sababli, MJtKning 324-4 va 324-8-moddalariga asosan, apellyatsiya shikoyatini ko‘rmasdan qoldirib, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish haqida qaror chiqarildi», – deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat