date
views 565

Qo‘shnilarimiz Qur’on o‘qib qo‘yasizlar,  deb holvaytar olib chiqishadi...

Qo‘shnilarimiz Qur’on o‘qib qo‘yasizlar,  deb holvaytar olib chiqishadi...
Savol:
Meni bir savol ko‘p yillardan buyon qiynaydi. Qo‘shnilarimiz Qur’on o‘qib qo‘yasizlar, deb holvaytar olib chiqishadi. Keyin sababini bilsam, yomon tush ko‘rishgan yoki uylarida biror bir musibat sodir bo‘lgan bo‘lib chiqadi. Bu narsalar uchun atay holvaytar qilib tarqatish yaxshi emasligini bilamiz. Lekin shu holvaytar yoki “niyat qilib kavla”, deb qilingan sumalak taomlaridan yesa bo‘ladimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
 
Javob:
Agar niyatida shirk aralashmagan bo‘lsa, shunchaki ehson ma’nosida bo‘lsa, yesa bo‘ladi. Chunki taomning o‘zi halol.
 
Ammo o‘lik ham shundan yeydi, xolvaytarim yomonlikni qaytaradi, degan niyat bilan bo‘lsa, yemaslik kerak.
Vallohu a’lam.
 
Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shnilarimiz Qur’on o‘qib qo‘yasizlar,  deb holvaytar olib chiqishadi...