19:39 / 15.04.2023
391

Farzand onaga emas, ota tarbiyasiga olib berildi

Farzand onaga emas, ota tarbiyasiga olib berildi

Odatda MIB ish yurituviga farzandlarni ona tarbiyasiga olib berish yuzasidan ijro hujjatlari keladi. Ammo shunday holatlar ham borki, farzandni ota tarbiyasiga olib berish lozim bo‘ladi.

Byuroning Shahrisabz shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan navbatdagi sud hujjati ham shu mazmunda bo‘ldi.

4 yoshli qiz buvisining tarbiyasida qolgan. 24 yoshli onasi esa firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatini sodir etganligi uchun jazo o‘tamoqda ekan.

Davlat ijrochilarining tezkor harakatlari natijasida farzand otasi T.Rajabovning tarbiyasiga olib berildi. Ijro hujjati amalda ijro etilganligi sababli ish yuritishdan tamomlandi.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat