10:50 / 16.04.2023
184

Qarshida shatakka olib ketilayotgan Labo yonib ketdi

Qarshida shatakka olib ketilayotgan Labo yonib ketdi
Foto: Qashqadaryo viloyati FVB matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida Labo rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, 15 aprel kuni soat 12:03 larda Qarshi shahar «Xudoyzod» MFY, Tafakkur ko‘chasida Labo avtomobilining yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 12:11 da yetib borgan va yong‘in to‘liq soat 12:17 da o‘chirgan.
 
Aniqlanishicha, Samarqand viloyati Toyloq tumanida yashovchi fuqaro S.B.ga tegishli oq rangli Labo shatakka olib ketilayotgan bo‘lgan.
 
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat