date

Obama o‘z muvaffaqiyatlari haqida qo‘shiq kuyladi

Obama o‘z muvaffaqiyatlari haqida qo‘shiq kuyladi

AQSh prezidenti Barak Obama NBC telekanalida komik Jimmi Fellonning tok-shousiga tashrif buyurdi. Ko‘rsatuvning prezident tashrifi yozilgan qismi shouning YouTube-kanalida 9 iyunda joylashtirildi. 12 soat ichida rolikni 400 ming kishi ko‘rishga ulgurdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Obama videoda o‘z muvaffaqiyatlari haqida so‘zlaydi. Jumladan, Obama uning prezidentligi davomida mamlakatda 14 mln ishchi o‘rni tashkil etilgani, buning evaziga ishsizlik darajasi sezilarli kamayganini ta’kidlab o‘tadi. Obama shuningdek bo‘lib o‘tajak AQSh prezidenti lavozimiga saylovlar haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

Obamaning nutqi slou jem uslubidagi musiqiy jo‘r hamda shou boshlovchisining kinoyali sharhlari bilan bordi.

Fellonning tok-shousi 2014 yildan beri efirga uzatiladi. Ko‘rsatuvning har bir soni boshlovchining monologi bilan boshlanadi, so‘ngra sketch, musiqiy jo‘r va mehmonlar bilan suhbat bilan davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Obama o‘z muvaffaqiyatlari haqida qo‘shiq kuyladi