Xodimlarga to‘lanmay qolingan 134 mln. so‘mlik ish haqlari to‘lab berildi

Xodimlarga to‘lanmay qolingan 134 mln. so‘mlik ish haqlari to‘lab berildi
Xodimlarga to‘lanmay qolingan 134 mln. so‘mlik ish haqlari to‘lab berildi
Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi O.Ya.Muxtorov ish yurituvidagi, Fuqarolik ishlari buyicha Mirzo Ulugbek tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “NOVOPHARMA PLUS" MCHJ hisobidan undiruvchi fuqarolar foydasiga jami 134 mln. 58 ming so‘m to‘lanmay qolgan ish haqlarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan 30.12.2022 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi talablariga asosan ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
 
Ijro hujjati yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari natijasida, qarzdor hisobidan undiruvchilar foydasiga qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar amalda ijro etildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar