17:05 / 27.04.2023
166

Yuqorichirchiqda qidiruvda bo‘lgan 15 nafar alimentchi ushlandi

Yuqorichirchiqda qidiruvda bo‘lgan 15 nafar alimentchi ushlandi
Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan Yuqorichirchiq tumanida o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan qarzdorligi 3 milliondan 20 million so‘mgacha bo‘lgan 15 nafar qarzdor jismoniy shaxslar topilib qarzdorliklarni undirish choralari ko‘rilgan.
 
Shulardan 2 nafar qarzdorni MjTKning 47⁴- moddasiga asosan hujjatlari sudga yuborilib, 1 nafariga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan, 5 ta ijro hujjati bo‘yicha esa qonunning 40-moddasi 1-qismi bilan ijro hujjati tamomlangan.
 
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudinining buyrug‘iga asosan qarzdor  B.Primqulovdan undiruvchi Z.Primqulova foydasiga bir nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati mavjud. Aliment qarzdorligi 20 million so‘mdan ziyodni tashkil etgan, qarzlarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, qochib yurgan fuqaro Primqulov Byuroning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qidiruvga berilgan. Boshqarmaning qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor aniqlanib ushlangan.
 
Yana bir misol, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor D.Najimovdan undiruvchi N.Rasulova foydasiga aliment undiruvi bo‘yicha ijro hujjatiga asosan qarzdorning aliment to‘lashdan qochib yurishi natijasida 20 mln. so‘m qarzdorligi yuzaga kelgani sabab Yuqorichirchiq tumani davlat ijrochilari tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor qidiruv tadbiri natijasida ushbu shaxs ham ushlangan.
 
Yuqoridagi 2 holat bo‘yicha qarzdorlarga nisbatan jazo qo‘llash maqsadida, to‘plangan hujjatlar tegishli moddalar asosida sudga chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat