![5 yillik to‘lov oldindan undirib berildi](/uploads/posts/2023-04/vu3s9hu8uftjccfvnmm9cfbdqavynqhw.jpg)
Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tuman bo‘limi ish yurituvidagi aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosi doirasida targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Natijada farzandlar moddiy ta’minotini o‘z vaqtida to‘lab borayotgan otalar soni ortib bormoqda.
Bundan tashqari voyaga yetmagan farzandi uchun amaldagi tartibga ko‘ra oldindan besh yilligini yoki 18 yoshga qadar to‘lab bermoqda.
Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor A. Azamjonov dan undiruvchi R. Abdurashidova foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan. Bo‘lim ish yurituvidagi mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan harakatlar olib borildi.
Byuroning Yangi Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochisining tushuntirish ishlari natijasida qarzdor A.Azamjonov bir nafar farzandining ta’minoti uchun 2028 yilga qadar hisoblangan 76 mln. 734 ming so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring ![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar