Namangan viloyati Chust tumanida 21 yoshli yigit o‘zidan 4 yosh kichik bolalar tomonidan “samosud” qilindi. Bu haqda “Bu kun” dasturida xabar berildi.
Xabarga ko‘ra, holat Chust tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro 21 aprel kuni soat 14:30 da boshqaruvidagi Damas'da tanishi — 2007 yilda tug‘ilgan qiz bilan tumanning “Sarimsoqtepa” MFY hududidagi dalada gaplashib o‘tirgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Tumanning “Guliston” MFYda yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark'da bir necha tanishlari bilan kelib, “Bu yerda mashina ichida begona qiz bilan nima qilib o‘tiribsan”, deb yigitni do‘pposlagan. Shuningdek, Damas'ning orqa o‘ng yoritish chiroqlari va o‘ng yon tomondagi orqani ko‘rish oynasini sindirgan. Atrofdagi tanishlari esa mazkur jarayonni tasvirga olib, Instagram'dagi o‘z sahifasiga joylashtirgan.
Qayd etilishicha, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning badanida aniqlangan tan jarohatlari chap tirsak sohasi, yuz yarasi va chap yonbosh sohasi qontalash ko‘rinishda bo‘lib, uning jarohatlari yengil ekani ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar